Eurotunnel kompaniyasi Fransiya va Buyuk Britaniyani bog‘lab turuvchi La-Mansh bo‘g‘ozi ostidagi tunneldan o‘tuvchi poyezd qatnovini, muhojirlar sabab to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Vedomosti”.
Kompaniya matbuot xizmati vakilining ta’kidlashicha, muhojirlar Fransiya terminali to‘siqlarini yorib o‘tgan. Ayni vaqta tunnelda poyezdlar yo‘q, deb qo‘shimcha qildi u.
Britaniya hukumati fransuz politsiyasi bilan temiryo‘lni muhojirlardan ozod etish ishlarida hamkorlik qilmoqda.
Izoh (0)