Eron tashqi ishlar vazirligi Bahraynning mamlakatdagi elchixonasida lavozim bo‘yicha elchidan so‘ng ikkinchi diplomat hisoblangan Bassam al-Dousarini “persona non grata” – mamlakatda bo‘lishi istalmagan shaxs deb e’lon qildi va 72 soat davomida Eronni tark etishini talab etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Tehron Bahrayn tashqi ishlar vazirligi Erondagi elchisini chaqirib olgani va Islom respublikasining qirollikdagi ishonchli vakili Rizo Boboyini “persona non grata” deb e’lon qilganiga shunday javob berdi. Bahrayn TIV o‘z qarorini “Eron mamlakatning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatmayotgani” bilan izohlagan.
Mamlakatda politsiya tomonidan qo‘lbola portlovchi qurilmalar tayyorlanadigan ombor topilgan va bir necha kishi hibsga olingan edi. Bahrayn bu va shunga o‘xshash holatlarda qirollikdagi vaziyatni izdan chiqarmoqchi bo‘lgan Eron bilan bog‘liq kuchlarning qo‘li borligini gumon qilmoqda. O‘z navbatida, Tehron bunday ayblovlarni qat’iyan rad etib kelmoqda.
Izoh (0)