Barcha mamlakatlar tinch yadro texnologiyalarini o‘zlashtirish huquqiga ega. Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi nutqida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
U Eron atomi bo‘yicha “tarixiy kelishuv”ni ma’qulladi, shuningdek, xalqaro jamoatchilikni Yaqin Sharqda yalpi yo‘q qilish qurolidan xoli hudud yaratishga ko‘maklashish uchun Isroilga bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Muallim Isroil va boshqa davlatlarni Suriyada terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda aybladi, shuningdek, AQSh va Yevroittifoqni mamlakatlarga nisbatan bir tomonlama iqtisodiy sanksiyalar kiritgani uchun tanqid qildi. U Suriya, KXDR, Venesuela va Belarus kabi mamlakatlarga joriy qilingan barcha bir tomonlama sanksiyalarni bekor qilishga da’vat etdi.
Izoh (0)