Ukraina Konstitutsiyasida Donbassning alohida maqomi belgilanishi kerak. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel 2-oktabr kuni Parijda normandcha formatdagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Shu bilan birga, u Lugansk va Donetsk xalq respublikalari vakillari saylovlarni Ukraina tomoni bilan kelishgan holda o‘tkazishi kerakligini ta’kidladi.
Shuningdek, u “Minsk-2”ning hech bir bandini tomonlar to‘liq bajarmaganini aytib o‘tdi. “Debalsevodagi vaziyat jarayonni izdan chiqardi, hozircha og‘ir qurol-aslahalar chiqarib ketilmayapti. Biroq jarayonning olg‘a ketishi bo‘yicha yo‘llarni belgilab oldik. Progress bor, tomonlar bir-birini qo‘llab-quvvatladi”, — dedi Merkel va normand to‘rtligi Ukraina bo‘yicha uchrashuvda erishilgan kelishuvdan mamnun bo‘lishi mumkinligini qo‘shib qo‘ydi.
Izoh (0)