AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyaning pozitsiyasini tushuna boshladi va u bilan hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasi doirasida o‘tkazilgan ekstremizim va terrorizmga qarshi kurash masalalari bo‘yicha majlis brifingida aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Nazarboyev Rossiya va AQSh prezidentlari uchrashib, “jiddiy masalalar”ni muhokama qilgani yuzasidan qoniqish bildirdi. “Obama meni ularning Ukraina, Suriya masalalari bo‘yicha suhbati natijalari haqida xabardor qildi, uning aytishicha, ular samimiy suhbatlashgan. U menga: ‘Men Rossiyaning pozitsiyasini tushuna boshladim, va biz birga ishlaymiz’, — deb aytdi”, — dedi Qozog‘iston yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, Nyu-Yorkda AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ikki yil ichidagi birinchi ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 55 daqiqa davom etishi kerak bo‘lgan uchrashuv taxminan 1 soat-u 40 daqiqaga cho‘zildi.
Izoh (0)