Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe mamlakatning amaldagi konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish lozimligini ta’kidladi. Bu haqda u o‘zining yangi uch yillik muddatga Liberal-demokratik partiya rahbari sifatida tasdiqlanishi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning so‘zlariga qaraganda, Yaponiya inson huquqlarini hurmat qilish va tinch rivojlanish konstitutsiyaviy tamoyillariga asoslangan yo‘lni bosib o‘tdi.
“Biz buni hurmat qilamiz va bu masalada o‘zgarish bo‘lmaydi. Biroq konstitutsiya mamlakatning kelajagi haqida so‘zlaydi. Biz o‘z qo‘llarimiz bilan Yaponiyaning XXI asrdagi timsolini yaratayotganligimizni o‘ylashimiz zarur. Umuman olib qaraganda, konstitutsiya g‘oyasi o‘zgarmaydi, biroq unga o‘zgartirishlar kiritish lozim”, — dedi bosh vazir.
Abe konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar tafsilotini ma’lum qilmadi, biroq buning uchun har tomonlama va jamoat muhokamasini o‘tkazish zarurligini ta’kidladi.
Izoh (0)