Ukraina futbol federatsiyasi prezidenti Andrey Pavelko Simferopolning “Tavriya” klubini qayta tashkil etish rejasi borligini tasdiqladi. Yangi jamoa Xerson shahrida uy o‘yinlarini o‘tkazadi, deb xabar beradi “Uff.uz”
“Biz, darhaqiqat ‘Tavriya’ni Xerson shahrida qayta tashkil etish rejasini tuzib chiqqanmiz. Bu holat nafaqat asosiy jamoa, balki bolalar jamoasidan tortib barcha yoshdagi tarkiblarni o‘z ichiga olgan. Bu borada UEFA bilan kelishuvga erishganmiz.
‘Tavriya’ yana avvalgi mavqeini tiklab olishini istaymiz. Buning uchun ‘Paxtakor’ uslubidan foydalanamiz. Toshkent klubi 1979-yilda aviahalokatga uchragach, butun mamlakat unga yordam bergan va Oliy ligadagi har bir klub 2—3 nafar futbolchisini o‘zbek jamoasiga ijaraga bergan edi. Shu bilan birga Oliy liganing barcha klublari jam bo‘lib, yangi ‘Paxtakor’ qanday natija qayd etishidan qat’iy nazar, 3—5 yil davomida quyi ligaga tushib ketmasligiga kelishib olgan.
Biz ham ‘Tavriya’ bilan xuddi shunday yo‘l tutmoqchimiz”, — deydi mutasaddi.
Izoh (0)