O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov Turkiyaning Izmir shahrida davom etayotgan “Chellenjer” turkumiga kiruvchi turnirning ham yakkalik, ham juftliklar bahsidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Do‘stov italiyalik Matteo Volante bilan birga chexiyalik Michal Konechni hamda serbiyalik Matiya Pesotich hamkorligini ortiqcha qiyinchiliksiz 6:4, 6:1 hisobida taslim etdi.
Oldinroq Do‘stov yakkalik bahslarining ilk davrasida rossiyalik Dmitriy Popkoga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan uchrashuvda Do‘stov 4:6, 7:5, 7:6 hisobida zafar quchdi.
Izoh (0)