Yaponiyalik Xidekiti Miyazaki 105 yoshlilar toifasida 100 metr masofaga yugurish musobaqasida rekordni yangiladi. “RIA Novosti”ning xabar berishicha, rekord yangilanganiga qaramay, qariya o‘z natijasidan qoniqish hosil qilmagan.
Olti karra olimpiya chempioni Useyn Bolt sharafiga “Oltin Bolt” laqabini olgan Miyazaki 23-sentabr, chorshanba kuni, o‘z tavallud kunining ertasiga 42,22 soniyada 100 metr masofani yugurib o‘tdi. Otaxon to‘pponchaning yugurishni boshlash haqidagi o‘qi ovozini eshitmay qolib, start boshida bir necha soniyani boy berdi.
“Natijadan qoniqish hosil qilganim yo‘q. Yugurish vaqtida ko‘zimdan yosh chiqib ketdi, chunki juda ham sekin yugurayotganimni tushunib turgandim. Aftidan, qariyotganga o‘xshayman”, — dedi Xidekiti Miyazaki. Qariya poygachi o‘z oldiga yangi maqsad qo‘ydi — u 100 metrlik masofani 35 soniyada bosib o‘tmoqchi. “Natijamni yaxshilay olaman”, — deydi Miyazaki.
Izoh (0)