Sergey Lushchan iste’fo bergach bundan keyin “Bunyodkor” FK bosh murabbiyi sifatida asosiy jamoaga kim javob beradi degan savol ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Bunyodkor” FK matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Bunyodkor” FK rahbariyati asosiy jamoaning O‘zbekiston chempionati va kubogidagi ishtiroklari uchun javobgarlik mas’uliyatini klub bosh direktori Baxtiyor Boboyev zimmasiga yuklatishni ma’qul topdi.
Baxtiyor Boboyev futbol jamoatchiligiga bir qancha jamoalardagi ishtiroki, shuningdek, “Kosonsoychi” va “Navbahor” jamoalaridagi murabbiyligi bilan yaxshi tanish. 1996-yili Baxtiyor Boboyev boshchiligida “Navbahor” mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
U Muborakning “Mash’al” futbol maktabini tashkil etish va shakllantirishga katta hissa qo‘shgan.
2007-yildan buyon “Bunyodkor” FKda faoliyat yuritib kelmoqda. Avvaliga klubning sport direktori bo‘lib ishlagan Boboyev keyinchalik bosh direktor lavozimiga tayinlandi. Baxtiyor Boboyev klub tizimidagi barcha ishlarga doimo boshchilik qilgan. Shuningdek, murabbiylar shtabi va asosiy tarkibdagi futbolchilarning imkoniyatlarini yaxshi biladigan mutaxassis hisoblanadi.
Izoh (0)