Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan, parvarishga muhtoj yolg‘iz keksa va nogironlarga xonadonlarida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun elektron ariza yuborish yangi xizmati ishga tushirildi. Bu haqda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi xabar bermoqda.
Xizmat bepul bo‘lib, jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladi.
Izoh (0)