• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Toshkent-Aero” bojxonachilari yil boshidan beri 297 ming AQSh dollarini noqonuniy olib o‘tishning oldini oldi

    O‘zbekiston bojxonachilari tomonidan bojxona chegaralari orqali naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy olib o‘tilishining oldini olish borasida muntazam chora-tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan shu turdagi bir nechta bojxona qoidabuzarliklari fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

    Foto: GolosUA

    Foto: GolosUA

    Bojxonachilar sirdaryolik ayol Seulga uchishi oldidan uning sumkasini tekshirganda, ayol 2500 AQSh dollarini berkitib qo‘ygani aniqlandi. Krasnoyarsklik ayolning ryukzaki nazorat-rentgen apparatida tekshirilganda, unga yashirilgan 2800 AQSh dollari bir lahzada fosh etildi.

    Rossiya Federatsiyasiga yo‘l olgan chustlik erkak yon daftariga yashirgan 3400 AQSh dollarini bojxonachilar payqab qoldi. Toshkent—Dehli yo‘nalishi bo‘yicha o‘z yurtiga otlangan Singx hamyonidagi 3900 AQSh dollarini bojxona bayonnomasida qayd etmagani oshkor bo‘ldi.

    Mavritaniyalik Yasin Toshkent—Dubay parvoziga biroz kechikdi. Bunga esa bojxona nazoratidan yashirin ravishda olib o‘tishni ko‘zlab, cho‘ntagiga berkitgan salkam 4 ming AQSh dollari sababchi bo‘ldi!

    Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.

    Raqamlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan sakkiz oyi davomida “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 220 dan ortiq bojxona qoidabuzarliklari natijasida 297 ming AQSh dollari, salkam 26 ming yevro, 2,2 milliondan ortiq Rossiya rubli va boshqa naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy ravishda olib o‘tilishining oldi olindi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning chegara-bojxona postlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali chiqib ketayotgan shaxslar valyuta nazoratidan o‘tkaziladi. Amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar tomonidan to‘ldiriladigan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy va chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda qimmatbaho buyumlarning mavjudligi va miqdori ko‘rsatilishi shart.

    O‘zbekistonda rezidentlarga 2000 AQSh dollari ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalarni yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozma qayd etish sharti bilan erkin olib chiqib ketishlariga ruxsat etiladi. Bundan ortiq miqdordagi naqd valyutalarni olib chiqish uchun esa vakolatli banklar yoki Markaziy bankning o‘rnatilgan tartibdagi ruxsatnomasi talab etiladi.

    Norezidentlarga esa O‘zbekistonga kirib kelayotganda o‘zi bilan olib kelgan hamda bojxonaga taqdim etilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilgan miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqishlariga ruxsat berilgan.

    23.09.2015, 16:17   Izoh (0)   4146
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan vaqtni ma’lum qildi

    23.09.2015, 15:45

    O‘zbekiston TIVda Turkmaniston elchisi bilan bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi

    23.09.2015, 12:51

    Toshkentda sellofanga o‘ralgan Matiz sotuvga chiqdi (foto)

    23.09.2015, 12:46

    Next savdo markazi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ijtimoiy loyiha tashkil etmoqda

    23.09.2015, 12:17

    Abdulaziz Kamilov AQSh elchisi bilan ikki tomonlama munosabatlarning amaliy jihatlarini muhokama qildi

    23.09.2015, 10:33

    Namangan shahrida “Hindiston yarmarkasi” deb nomlangan savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

    23.09.2015, 08:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eronda ayol 11 nafar erini o‘ldirganlikda ayblandi

    Dunyo | 12 avgust, 13:19

    Zelenskiy Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan voz kechishga tayyor — The Telegraph

    Dunyo | 12 avgust, 12:59

    Himolay tog‘larining 97 ta cho‘qqisiga chiqish bepul bo‘ladi

    Dunyo | 12 avgust, 12:45

    “Barselona” prezidenti 2025-yilgi “Oltin to‘p” g‘olibi kim bo‘lishi kerakligini aytdi

    Sport | 12 avgust, 12:40

    O‘zbekistondagi ikkita dor yo‘li faoliyatiga qat’iy taqiq qo‘yildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 12:23

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    “Barbi” rejissyori “Narniya yilnomalari”ning yangi qismini suratga oladi

    Kino | 12 avgust, 12:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.