2015-yilning 22-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining istiqbolli yo‘nalishlari, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va kun tartibi, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asosini mustahkamlash bo‘yicha tomonlarning takliflari ko‘rib chiqildi.
Izoh (0)