Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasi Yermakovskoye qishlog‘ida bir oila davlat avtomobil nazorati xodimlari ularning avtomobilini jarima maydonchasiga olib keta olmasligi uchun mashinani yoqib yubordi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mahalliy fuqaro boshqaruvidagi mashinani to‘xtatgan yo‘l-patrul xizmati nazoratchilari 49 yoshli haydovchining haydovchilik guvohnomasi va avtomobil uchun sug‘urtasi yo‘qligini aniqlagan. Bundan tashqari, mashinaning avvalgi egasi tomonidan berilgan egalik huquqini bekor qilish haqidagi arizaga asosan, avtomobilni jarima maydonchasiga jo‘natishga qaror qilingan.
Ayol va uning turmush o‘rtog‘i avtomobilni hibsga olish va bayonnomani tuzishga to‘sqinlik qilgan. Avtomobilni evakuatorga ortish vaqtida ayol avtomobil saloniga tez alanga oluvchi suyuqlik sepib chiqqan, shundan so‘ng oilaning 23 yoshli o‘g‘li avtomobilni yoqib yuborgan.
Hodisa joyida tezkor tergov guruhi ish olib bormoqda, tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, avtomobil aynan kimga tegishli ekanligi ham aniq ma’lum emas.
Izoh (0)