Chexiya poytaxti Pragadan 50 kilometr masofada joylashgan Vlashima shahridagi Sellier&Bellot harbiy zavodida 21-sentabr, dushanba kuni porox portladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Chexiya televideniyesining hodisa joyiga jalb etilgan qutqaruvchilarga asoslanib xabar berishicha, zavodda yuz bergan favqulodda holat natijasida halok bo‘lganlar bor.
Hodisaning qolgan tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)