Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov BMT Bosh Assambleyasining Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan 70-sessiyasida qatnashish uchun 2015-yilning 24—27-sentabr kunlari AQShga tashrif buyuradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, davlat rahbari 2015-yildan keyingi davrda barqaror rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan sammitda ishtirok etadi va chiqish qiladi.
Berdimuhammedov o‘zining chiqishida bir qator hozirgi davr dolzarb muammolarining Turkmaniston tomonidan ko‘rilayotgan yechimlari, shuningdek, xalqaro hamkorlikni yaxshilash va butunjahon xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan Turkmaniston tashabbuslarini ma’lum qiladi.
Shuningdek, prezident tashrifi davomida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun va bir qator davlat rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Izoh (0)