Braziliyadagi davlat umumta’lim maktabining uchinchi sinfiga o‘tgan har beshinchi o‘quvchi butun bir gapni emas, faqat alohida so‘zlarni o‘qiy olishi mumkin. “TASS”ning Braziliya ta’lim vazirligi ma’lumotlariga asoslanib xabar berishicha, o‘quvchilarning faqat yarmi juda qisqa matndagi ma’no-mazmunni anglay oladi, xolos.
“Tadqiqot natijalari juda xavotirli. Agar Ta’lim sohasidagi milliy rejalarga muvofiq savodsizlikni tugatishni istayotgan bo‘lsak, u holda shoshilinch choralar ko‘rish zarur”, — dedi Braziliya ta’lim vaziri Renato Janine Ribeyru.
YuNESKO tomonidan 2014-yil dekabrida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, mutlaq savodsiz fuqarolar soni bo‘yicha Braziliya jahonda sakkizinchi o‘rinda turadi (13 million kishi). Mazkur ko‘rsatich bo‘yicha Braziliyani faqat Hindiston, Xitoy, Pokiston, Bangladesh, Nigeriya, Efiopiya va Misr ortda qoldirgan.
Izoh (0)