Ruminiya bosh vaziri Viktor Ponta rasman korrupsiyada ayblandi, deya xabar bermoqda “Liga.Novosti”.
Ruminiya hukumati raisini, xususan, soliq to‘lashdan bosh tortish va pul “yuvish”da ayblashmoqda.
42 yoshli Ponta vakolatini suiiste’mol qilgani haqida 2015-yil avgustida ma’lum bo‘lgan, o‘shandan buyon u ayblovlarni rad etib, prokuratura “jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilayotgani”ni ta’kidlab kelmoqda.
Prokuratura tekshiruvni yakunlab, ishni Oliy sudga yo‘naltirganini ma’lum qildi.
Izoh (0)