Aralash uslubdagi kurash bo‘yicha amerikalik sportchi Jeff Monson yengillashtirilgan sxema bo‘yicha Rossiya fuqaroligini olishdan umidvor, deya xabar bermoqda “TASS” Davlat dumasi deputati Igor Lebedevga tayanib.
“Biz Rossiya prezidenti va sport vazirligiga xat jo‘natdik. Hali ikki kun o‘tgani uchun, hozircha javob yo‘q. Biz prezident ma’muriyati vakillari bilan uchrashdik, ular bu masalani qo‘llab-quvvatlamoqda. Monson fuqarolikni sodda sxema bo‘yicha oladi, deb o‘ylayman”, — dedi Rossiya liberal-demokratik partiyasi vakili Lebedev.
Nashr eslatishicha, Monson Rossiya fuqaroligini olish niyati haqida 2014-yil kuzida e’lon qilgan. U bir necha yildan buyon rossiyalik qiz bilan uchrashib yuribdi. Shu yilning iyunida esa sportchi RLDP yetakchisi Vladimir Jirinovskiy bilan uchrashib, undan Rossiya pasportini olishda yordam so‘ragan edi.
Izoh (0)