Qutqaruvchilar 12-avgust kuni Xitoyning Tyanszin shahridagi portlashlarda dom-daraksiz yo‘qolgan, deb hisoblab kelingan sakkiz kishini halok bo‘lgan, deb topdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Uzoq muddat davom etgan ko‘plab tekshiruvlardan so‘ng kimdir tirik qolgani ehtimoli qolmaganini tasdiqlash mumkin”, — deya bayonot bergan qutqaruv amaliyoti rahbariyati.
Shu bilan fojia qurbonlari soni 173 kishiga yetdi. 244 nafar jabrdiyda hozir ham kasalxonalarda, ulardan 5 kishining holati og‘ir ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)