Bugun, 11-sentabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda Da’vogarlar turniriga yo‘llanmalar uchun nokaut tizim bo‘yicha FIDE Jahon kubogi boshlandi, deya xabar bermoqda “12news.uz”.
11—13-sentabrda o‘tkaziladigan birinchi turda dunyoning turli burchaklaridan kelgan 128 nafar shaxmatchi qatnashadi. Ular orasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo shaxmati yetakchisi Rustam Qosimjonov (1979-yilda tug‘ilgan) ham bor.
U dastlabki turning birinchi partiyasida kanadalik shaxmatchi Anton Kovalyov (1992-yilda tug‘ilgan) bilan o‘ynaydi. Anton Ukrainada tug‘ilgan bo‘lib, Argentina fuqarosi hisoblanadi va Kanada shaxmat federatsiyasi nomidan qatnashadi.
Izoh (0)