AQShning Nyu-York shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi US Open turnirining o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Jo‘rabek Karimov o‘z ishtirokini yakunladi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Avvaliga yakkalikning ilk davrasidayoq yaponiyalik tennischiga imkoniyatni boy bergan Jo‘rabek juftliklar bellashuvida ham mag‘lubiyatga uchradi. Fransiyalik Denolli Korentin bilan oltinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Jo‘rabek mezbon tennischilar – Xolt Brendon hamda Smit Releyga 4:6, 7:6, tay-brekda 6:10 hisobida yutqazdi.
Izoh (0)