Eron poytaxti Tehron shahrida tennis bo‘yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi, sovrin jamg‘armasi 10 ming AQSh dollaridan iborat turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqada Shonig‘mat Shofayziyev O‘zbekiston sharafini himoya qilyapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
Shonig‘mat ilk bosqichda gruziyalik Georgi Javaxishvilini ikki setda ham bir xil 6:4 hisobida mag‘lub etgan edi.
Shofayziyev chorak finalga beriladigan yo‘llanma uchun o‘tkazilgan ikkinchi davra uchrashuvida ham zafar quchdi. Bu safar o‘zbekistonlik tennischi musobaqaning oltinchi raketkasi avstraliyalik Tomas Fankattni qiyinchilik bilan 7:6, 7:6 hisobida yengdi.
Izoh (0)