G‘arbning Eron iqtisodiyotiga nisbatan sanksiyalari 2016-yilning birinchi choragi davomida bekor qilinishi mumkin. Bu haqda, o‘z manbalariga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.
Manbalarning ma’lumotiga ko‘ra, sanksiyalarni bekor qilish uchun zarur bo‘lgan shartlar Eron tomonidan 2016-yil yanvari yoki fevralida bajarib bo‘linadi.
Avvalroq Eron ma’naviy yetakchisi oyatulloh Ali Xameniy, agar mamlakatga nisbatan sanksiyalar o‘z kuchida qoladigan bo‘lsa, yadroviy masala yuzasidan hech qanday kelishuv bo‘lmasligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)