Zimbabvedagi Mana-Puls milliy bog‘idagi ochiq osmon ostida faoliyat olib boruvchi restoranda tushlik qilayotgan sayyohlarga fil hujum qildi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Fil AQSh va Irlandiyadan kelgan sayyohlarning navbatdagi guruhi tushlik qilib o‘tirgan ochiq osmon ostidagi restoranga yaqinlashib, ikki erkak o‘tirgan stolga hujum qildi va ularni tishlari bilan irg‘itib tashladi.
https://www.youtube.com/watch?t=36&v=QRdSWtUdawU
“Har ikki sayyohning omadi keldi — fil hujum qilganiga qaramay, ular omon qoldi. Faqat ulardan biri biroz shikastlandi, xolos”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)