Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 2 nafar haydovchining janjali aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB rasmiy munosabat berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, joriy yilning 19-avgust kuni Shayxontohur tumani, Beruniy ko‘chasida, 1976-yilda tug‘ilgan BMW rusumli avtomashina haydovchisi M.D. hamda Spark rusumli avtomashina haydovchisi T.I. sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi oqibatida o‘zaro janjallashib ketishgan.

Haydovchilar mashinalaridan tushib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan yo‘lning qatnov qismida janjal ko‘tarishgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Holat yuzasidan ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining mayda bezorilik va IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmaslikni nazarda tutuvchi moddalari bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.
Avvalroq Toshkentning Yashnobod tumanida BMW mototsikli ishtirokida YTH sodir bo‘lgani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)