Yamandagi portlash oqibatida Birlashgan Arab Amirliklarining 45 nafar harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Inform.kz” xabar bermoqda.
BAA davlat axborot agentligi xabariga ko‘ra, askarlar qurol-yarog‘ omboridagi tasodifiy portlash oqibatida halok bo‘lgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
2015-yilning mart oyidan beri Saudiya Arabistoni boshliq koalitsiya kuchlari Yamandagi isyonchi xusiylarga qarshi harbiy operatsiya olib bormoqda. Arab nashrlari ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda koalitsiya havo zarbalaridan quruqlikdagi harakatlarga o‘tgan.
Qayd etilgan portlashgacha yana besh nafar amirlik askari Yaman poytaxti Sana shahrida halok bo‘lgandi.
Izoh (0)