• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Samvel Babayan: Bugun himoya KXDRga qarshi kechgan o‘yinga nisbatan yaxshi o‘ynadi

    JCh va OK saralashi doirasida O‘zbekiston va Yaman terma jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida Samvel Babayan ishtirok etdi, deb xabar beradi “Uff.uz”.

    Foto: the-uff.com

    Foto: the-uff.com

    - Bu o‘yin muxlislarga yaxshi kayfiyat bag‘ishladi, deb o‘ylayman. G‘alaba nima qilganda ham g‘alaba. Biz hamkorlikda bu g‘alabaga erishdik. Osiyoda kuchli yoki kuchsiz jamoalar yo‘q, hamma o‘ynashni o‘rganib olgan. Biz hujumda yaxshi o‘ynadik. Ammo hali o‘zaro tushunib o‘ynash borasida muammolar bor. Muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilamiz.

    - Ikkinchi bo‘limda Jasur Hasanov maydonga tushgach, o‘yinni kuchaytirdi. U keyingi o‘yinda asosiy tarkibda o‘ynaydimi? Islom To‘xtaxo‘jayev esa o‘ng qanot himoyasida u qadar yaxshi o‘ynay olmadi.- Filippinga qarshi kechadigan o‘yinda maydonga tushadigan tarkibni faqat uchrashuv oldidan ma’lum qilamiz. Terma jamoadagi barcha yigitlar imkon qadar harakat qilmoqda. Bugungi o‘yinni ko‘rib chiqib, tarkib borasida xulosa chiqaramiz. Bugun meni xursand qilgan jihat – himoyada yaxshi o‘ynadik. E’tibor bergan bo‘lsangiz, KXDRga qarshi kechgan uchrashuvga nisbatan himoyada yaxshi o‘ynadik. Uch nafar yangi futbolchi himoyada maydonga tushdi va ular ishonchni oqladi.

    - Jamoangiz maydon markazida tezkor hujum tashkil etish o‘rniga o‘zaro to‘p uzatishga harakat qildi. Bu esa tezkor o‘yinni buzib qo‘ydi.- Biz bu o‘yinda tezkor hujum tashkil etish haqida ko‘rsatma bergan edik. Maydon markazida to‘pni saqlab turish asosiy maqsadimiz bo‘lmagan. Bugun futbolchilar ilk bora bunday tarkibda maydonga tushdi. Bunday qisqa muddat ichida yaxshi o‘yin kutish qiyin.

    - Bugun optimal tarkibni maydonga tushirganingizga shubha yo‘q. Ammo Sardor Rashidovning o‘yinidan ko‘nglingiz to‘ldimi?- Sardor hali yangi klubi safida birorta ham rasmiy o‘yinda maydonga tushmagan. Ammo u yaxshi o‘ynadi. Bugun siz boshqa Rashidovni ko‘rdingiz. U nafaqat hujumda, balki himoyada ham qay darajada mehnat qilganiga e’tibor qilgan bo‘lsangiz kerak.

    - Bugun to‘plar nisbatini yaxshilab olish uchun imkoniyat bor edi. Ammo bu ishni faqat minimal tarzda amalga oshira oldingiz. Sanjar Tursunovni maydonga tushirishdan maqsad nima edi?- Sanjar Tursunov Vatanimiz sharafini xorijda himoya qilib yurgan yaxshi futbolchi. Bizda har bir futbolchining o‘yini haqida to‘liq ma’lumotlar bor. Biz futbolchilarni kuzatib boruvchi kompaniya bilan shartnoma imzolaganmiz va har bir futbolchining imkoniyati va statistikasi haqida ma’lumot olib turamiz. Sanjar Tursunovning UEFA Kubogi finalchisi “Dnepr” va “Shaxtyor”ga qarshi o‘tkazgan o‘yinlarini ko‘rganmiz. Bu futbolchining saviyasiga shubha bo‘lishi mumkin emas.

    - Guruhda har bir raqib jiddiy, ammo eng kuchsiz jamoa Yaman ekani ko‘rinib turibdi. Keyingi o‘yinda nimaning hisobiga o‘yinni kuchaytirmoqchisiz? Zaxiradan tushib o‘yin taqdirini hal qiladiganlar yana bormi?- Kimdir zaxiradan maydonga tushib, o‘yinni kuchaytiradi, deyish noto‘g‘ri. Asosiy kuch bu hamjihatlikda. Agarda siz Yamanni Koreya va Filippinga qarshi o‘tkazgan o‘yinlarini ko‘rgan bo‘lsangiz, u qadar jiddiy qarshilik bo‘lmaganini ko‘rasiz. Bugun esa ular himoyada ancha kuchli o‘yin namoyish qildi. Aksincha, himoyaga yotib olmaydigan jamoalarga qarshi kechadigan o‘yinlarda bizga u qadar qiyin bo‘lmaydi, deb o‘ylayman.

    03.09.2015, 22:13   Izoh (0)   3391
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempioni To‘rabek Tirkashev Nukusda munosib kutib olindi

    03.09.2015, 21:44

    Amin Ali Husayn: O‘zbekiston haqli g‘alabaga erishdi

    03.09.2015, 21:35

    O‘zbekiston kichik hisobda Yamanni yengdi va dastlabki ochkolarni qo‘lga kiritdi

    03.09.2015, 21:05

    Toshkentda o‘tkaziladigan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati—2016 saralash bosqichiga qur’a tashlandi

    03.09.2015, 19:24

    O‘zbekiston milliy termasining Yamanga qarshi maydonga tushadigan tarkibi e’lon qilindi

    03.09.2015, 18:14

    FIFA reytingida O‘zbekiston milliy termasi 76-o‘rinda qoldi

    03.09.2015, 17:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 

     

    Tavsiya etamiz

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda 60 foiz qotilliklarga oilaviy nizolar sabab bo‘lgan — Senat

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:44

    “Bunday holatlar takrorlanmasligi uchun barcha choralarni ko‘ramiz” — Sherzod Kudbiyev aholidan asossiz yechib olingan soliqlar qaytarilgani haqida

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:22

    Hindistonlik ayol Labubuni xitoy ma’budi deb yanglishib, unga ibodat qila boshladi

    Dunyo | 14 avgust, 23:20

    Alyaska sammiti boshlanmasidanoq Putin global tartibni o‘z istagiga ko‘ra qayta shakllantirmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 14 avgust, 23:10

    Barcha maktab va bog‘chalarda majburiy mehnat ustidan reydlar o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 23:00

    O‘zbekistonga olib kelingan falastinliklar uchun maxsus jamg‘arma tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 22:48

    Qozog‘istonda sichqon hujayralaridan shuvoq changiga qarshi antitana yaratildi

    Dunyo | 14 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.