Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi. Qit’aning yetakchi charm qo‘lqop ustalari ishtirokida o‘tayotgan mazkur yirik musobaqada O‘zbekiston sharafini to‘liq tarkibdagi bokschilar himoya qilishadi. Bu haqda “Olamsport.com” xabar beradi.
2-sentabr kuni o‘tkazilgan bahslardan so‘ng, bir yo‘la sakkiz nafar bokschi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Elnur Abduraimov eronlik Forutan Golarni mag‘lubiyatga uchratdi. Eng og‘ir vazn (+91 kg) toifasidagi bokschi, bunga qadar Germaniya, Qirg‘iziston, Belarusda o‘tkazilgan xalqaro turnirlar g‘olibi Bahodir Jalolov esa qozog‘istonlik Ivan Dichkoga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
O‘zbekiston terma jamoasining eng tajribali bokschisi Elshod Rasulov (81 kg) qirg‘izistonlik Erkin Adilbek ulu, Shahobiddin Zoirov (52 kg) hindistonlik Madan Lalga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Shu tariqa, sakkiz nafar bokschi Osiyo chempionatining yarim finaliga yo‘llanma oldi. Bu sakkizta medal deganidir.
Izoh (0)