Uzonline internet provayderida sentabr oyi davomida internet xizmati sifati yomonlashishi mumkin. Bu haqda Uzonline rasmiy saytida xabar berildi.
“‘O‘zbektelekom’ AK hamkorlari tarmog‘ida profilaktika ishlari uzaytirilganligi munosabati bilan 2015-yil 2-sentabrdan 2015-yil 1-oktabrgacha Internet xizmatlari taqdim etilishida xizmat sifati yomonlashishi mumkin.
Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi Uzonline rasmiy saytidagi xabarda.
Izoh (0)