Moskvaning barcha yo‘lovchi yuradigan ko‘chalari va hududlari Wi-Fi bilan jihozlanadi. Bu haqda shahar axborot texnologiyalari departamentining boshliq o‘rinbosari Aleksandr Gorbatko ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “ТАSS”.
Gorbatkoning ta’kidlashicha, hozirning o‘zida poytaxt oliy o‘quv yurtlari va ularning yotoqxonalari, maktablarda Internetga simsiz ulanish imkoniyati paydo bo‘ldi. 700 dan ziyod Wi-Fi tarmog‘i shahardagi 21 ta ochiq hududda —parklar, yo‘lovchilar va velosipedchilar yo‘laklarida faoliyat ko‘rsatmoqda.
City Wi-Fi loyihasi doirasida ma’murlar yagona avtorizatsiyani joriy etmoqda: endi bir nuqtada ro‘yxatdan o‘tib, boshqa tarmoqlarda ham Wi-Fidan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)