1-sentabr kuni Google kompaniyasi 2014-yil mayidan buyon o‘zgarmay turgan logotipining grafik uslubini tubdan yangiladi, deya xabar bermoqda TJournal.
Logotip, avvalgilaridan farqli ravishda, nafaqat katta ekranlarda, balki eng kichik displeylarda ham (jumladan, “aqlli” soatlarda) mukammal ko‘rinishi kerak. U kompaniyaning yangi firma uslubini boshlab beradi, bundan buyon uning barcha mahsulotlari ikonkalari shu uslubda bo‘ladi.
Google’dagilar logotipni “oddiy”, “lo‘nda”, “yorqin” va “samimiy” deya tavsifladi va u kelajakda yana ko‘p bora o‘zgarishini istisno qilmadi.
Kompaniya bungacha qo‘llagan kichik “g” endi katta “G”ga almashdi.
Izoh (0)