Apple iOS boshqaruvidagi mobil qurilmalar, jumladan, iPhone uchun mo‘ljallangan tutunni aniqlash tizimini patentladi, deya xabar bermoqda Appleinsider. Uni, shuningdek, Wi-Fi router, noutbuk, statsionar kompyuter va Apple TV uchun qo‘llash mumkin.
Tizim tutunni aniqlaganida, tegishli dasturiy ta’minot qurilma egasini xavf haqida ogohlantiradi. Bundan tashqari, olovni o‘chirish tizimini ishga tushirish va yong‘in xizmatiga qo‘ng‘iroq qilish funksiyalari ham mavjud.
Yana bir variantga ko‘ra, tizim qurilma egasi turgan joyni aniqlab, o‘t o‘chiruvchilarga ushbu ma’lumotni yuboradi.
Izoh (0)