Moskva shahri tergovchilari 1-sentabr kuni poytaxtda talabaning o‘z joniga qasd qilish holati bo‘yicha tekshiruv ishlarini boshladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Yuqori balandlikdan yiqilib tushishga xos shikastlanish alomatlari bo‘lgan, 1997-yilda tug‘ilgan yigitning jasadi yo‘lovchilar tomonidan Shvernika ko‘chasidagi yotoqxona yaqinidan topilgan.
Talaba tahsil oladigan muassasa nomi aniqlashtirilmadi, biroq manbalarga qaraganda, yuqoridagi ko‘chada M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti joylashgan.
“Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, yigit o‘z joniga qasd qilgan… Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi”, — deb ta’kidladi tergovchilar.
Izoh (0)