Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Xitoyga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida 23 milliard dollarga teng 25 ta kelishuv imzolandi. Bu haqda “Novosti-Kazaxstan” xabar bermoqda.
“31-avgust, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan muzokaralar davomida jami 45 ta qo‘shma loyiha to‘g‘risida kelishib oldik. Oldinlari iqtisodiy aloqalarimiz, asosan, energetika va qazilmalarga borib taqalgan bo‘lsa, endilikda qayta ishlash va mashinasozlikka ham alohida e’tibor berilmoqda”, — deya ta’kidlagan Nazarboyev Xitoy ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv chog‘ida.
Izoh (0)