AQSh ma’murlari Eron, Shimoliy Koreya va Suriyaga qurol tarqatmaslik to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblab, Rossiyaning bir qator kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ushbu kompaniyalar qatorida MiG korporatsiyasi, Priborsozlik konstruktorlik byurosi, “Katod” va “Rosoboroneksport” bor.
2-sentyabr, chorshanbadan kuchga kiradigan “qora” ro‘yxatdan Xitoy, Shimoliy Koreya, BAA, Suriya, Sudan, Eron va Turkiya kompaniyalari ham joy olgan.
Izoh (0)