Kustanay sudi (Qozog‘iston) maktabda bomba borligi haqida yolg‘on xabar bergan 9-sinf o‘quvchisi uchun ikki yillik shartli ozodlikdan mahrum etish jazosini belgiladi. O‘smir shu yo‘l bilan matematikadan bo‘ladigan imtihonga xalaqit bermoqchi bo‘lgan. Bu haqda “Gazeta.kz” ma’lum qildi.
Yolg‘on xabar tufayli maktabdan saksonga yaqin kishini zudlik bilan ko‘chirishga to‘g‘ri kelgan. O‘quvchi sudda aybini tan oldi va kechirim so‘radi, uning oilasi esa davlatga yetkazilgan 160 ming tenge zararni to‘lab berdi.
Izoh (0)