Bortida Bolgariya bosh vaziri Boyko Borisov bo‘lgan Falcon hukumat samolyoti Varnada favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
“Varnadan uchganimizdan so‘ng, samolyotning to‘rtta shassisidan uchtasi yig‘ilmadi. Yoqilg‘ini sarflash uchun dengiz ustida 15 daqiqa aylanib, bitta soz holatdagi shassi bilan qo‘ndik”, — deydi hukumat matbuot kotibi Sevdalina Arnaudova.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)