O‘zbekistonning ikkinchi raqamli tennischisi Oqgul Omonmurodova Buyuk Britaniyaning Voking shahrida o‘tkazilayotgan turnirdagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi, deya xabar bermoqda “Olamsport.com”.
Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat musobaqada Omonmurodova ikkinchi raqam ostida tasniflangan.
Qur’a natijasiga ko‘ra tennischi ilk davrada saralash bahslari g‘olibalaridan biri britaniyalik Liza Vibornni ikki setda ham bir xil 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bugun Omonmurodova chorak final yo‘lida yana bir mezbon tennischi Keti Dangga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)