O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin 24-avgust kuni AQShning Uinston-Salem shahrida start olgan va sovrin jamg‘armasi 695 515 dollardan iborat yirik tennis turniridagi ishtirokini boshladi, deb xabar qiladi “Olamsport.com”.
Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik tennischi ilk davrada amerikalik Donald Yangga qarshi kortga chiqdi. Istomin dunyo reytingida o‘zidan bir pog‘ona yuqorida turgan tennischiga qarshi 1 soatu 13 daqiqa davom etgan bahsda 6:3, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Istomin keyingi bosqichda fransiyalik Jo Vilfrid Tsongaga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)