Buyuk Britaniyaning taniqli nashrlaridan biri bo‘lgan The Independent gazetasining saytida YeChL qur’asiga bag‘ishlangan maqolada Qozog‘istonning “Astana” klubi Afg‘oniston vakili sifatida qayd etilgan, deb xabar qilmoqda “Arena.uz”.
Maqolada “Manchester Siti” klubi uchun qur’aning yaxshi yoki yomon bo‘lishi xususida so‘z yuritilgan. Muallif Qozog‘istonning “Astana” jamoasi, shuningdek, “PSV” va “Olimpiakos” “shaharliklar” uchun eng yaxshi kvartet bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.
“UEFA koeffitsiyentlariga ko‘ra ‘Astana’ turnirning eng kuchsiz klubi hisoblanadi. Afg‘on klubi APOELni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lubiyatga uchratib guruh bosqichiga chiqqan. Klub YeChL guruh bosqichida Afg‘oniston sharafini himoya qilayotgan tarixdagi birinchi jamoa”, — deyiladi maqolada. Ma’lum vaqt o‘tganidan keyin Afg‘oniston nomi Qozog‘istonga o‘zgartirilgan.
Izoh (0)