Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyatida MAKS-2015 xalqaro aviatsiya-koinot salonini borib ko‘rdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Prezident, shuningdek, “Vintdan boshlab” nomli yosh ixtirochilar festivaliga ham tashrif buyurdi. U yerda davlat rahbariga koinotda foydalaniladigan tish pastasi va suv ostida ham ishlatsa bo‘ladigan qo‘mondon soati sovg‘a qilindi.
Putinni, ayniqsa, o‘zi bir yarim metr, og‘irligi esa atigi 200 gram tosh bosadigan uchar bolta hayratga soldi va u yosh ixtirochilarga qarata “bu ketishda uchar dazmol yaratishingizga ham shubha qilmayаpman”, deya hazillashdi.
Izoh (0)