BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 23-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan muzokaralar chog‘ida Shimoliy va Janubiy Koreya murosa yo‘lini tanlashlariga umid bildirdi. U ikki tomonni ham muloqotga imkon qoldirmaydigan harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
22-avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tgan KXDR va Janubiy Koreya vakillari o‘rtasidagi muzokaralarda mojaroga barham berish to‘g‘risida bir to‘xtamga kelinmadi. Shu bois ularni 23-avgust, yakshanba kuni davom ettirishga qaror qilindi.
Izoh (0)