22-avgust, shanba kuni bortida to‘rt kishi, jumladan, bir nafar yosh bola bo‘lgan Robinson 44 xususiy samolyoti Moskva daryosiga qulab, cho‘kib ketdi. Bu haqda Rossiya FVV sayti xabar berdi.
Hodisa sohildan 30 metr uzoqlikda ro‘y bergan. Qutqaruvchilar suvga qulagan to‘rt kishini ham eson-omon olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Ularga tibbiy yordam talab qilinmadi.
Eslatib o‘tamiz, 8-avgust kuni Istra suv ombori osmonida Robinson 44 vertolyoti Cessna gidroplani bilan to‘qnashib ketgani oqibatida 9 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)