Gretsiyaning Mikonos oroli yaqinida 11 million dollarlik yaxta sayozlikka o‘tirib qolgach, cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda “RBK”.
Daily Mail o‘ziga kelib tushgan rasmlarga ko‘ra taxmin qilishicha, kema avval suv ichidagi qoyaga urilgan, so‘ng sayozlikka o‘tirib qolgan. Yaxta bortidan to‘rt nafar xorijlik qutqarilgan, yo‘lovchilarning hech biri jabr ko‘rmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, so‘z 106ft Custom Line Navetta 33 yaxtasi haqida bormoqda. U taxminan 11,2 million dollar turadi, biroq cho‘kkan kema besh yildan buyon suzayotganini hisobga olib, 6,2 million dollarga baholandi.
Izoh (0)