Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Yaponiya Ikkinchi jahon urushi yakunlarini shubha ostiga olmoqda, deb hisoblaydi. “Echo.msk.ru”ning Rossiya TIVga asoslanib xabar berishicha, Yaponiya hukumatining da’volari uning tarixiy haqiqat va urush xotiralarini hurmat qilish haqidagi bayonotlariga ziddir.
Kuni kecha Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning Kurilning Yaponiya tomonidan da’vo qilinadigan orollaridan biri — Iturupga tashrifi munosabati bilan Yaponiya tomoni Moskvaga e’tiroz bildirgani haqida xabarlar berilgandi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunga javoban, mamlakat rahbariyati va hukumat a’zolarining ish jadvalini tuzib chiqishda Yaponiya tomonining nuqtai nazarini hisobga olish rejalashtirilmayotganini ma’lum qildi.
Medvedevning o‘zi esa Facebook’dagi sahifasida Kuril orollarini Osiyo—Tinch okeani mintaqasining darvozasi deb atab, orollarda istiqomat qilayotgan aholi hayotini yaxshilash uchun Rossiya hukumati choralar ko‘rishiga va’da berdi.
Izoh (0)