Malayziya gollandiyalik tergovchilar guruhiga Ukraina sharqida qulagan Malaysia Airlines aviakompaniyasi samolyoti aviahalokati bo‘yicha hisobotga o‘zining rasmiy nuqtai nazarini yo‘lladi. Bu haqda, “Kommersant.ru” xabariga ko‘ra, Malayziya transport vaziri Liou Tiong Lay ma’lum qildi.
“Hisobot mazmunini oshkor qilishim noto‘g‘ri bo‘lardi, chunki u hali yakuniy ko‘rinishni olmagan. Ular hisobotni oktabr oyida e’lon qilishga va’da berishdi. Menimcha, eng asosiysi, hisobot haqqoniy bo‘lishi va hodisa sababini ko‘rsatib berishi kerak”, — dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining mazkur aviahalokat aybdorlariga nisbatan xalqaro tribunal tashkil etish bo‘yicha rezolyutsiyasi loyihasini qabul qilinishiga veto qo‘ygandi.
Eslatib o‘tamiz, 2014-yil 17-iyul kuni “Amsterdam — Kuala-Lumpur” yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilayotgan Malaysia Airlines’ning layneri Ukraina sharqida qulashi oqibatida 298 kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)