Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sevastopolda amerikalik taniqli bokschi kichik Roy Jons bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida davlat rahbari bokschining sportdagi ulkan xizmatlarini e’tirof etib, agar u uzoq vaqt mobaynida Rossiya Federatsiyasida istiqomat qilsa, mamlakat fuqaroligi berilishini va’da qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Aslida bu yerga shuning uchun keldim. Davlatingiz pasportiga ega bo‘lsam, ikki mamlakat orasida borib-kelishim oson kechardi. Hamyurtlaringizning sportga mehri baland, Rossiyani yoqtirishimning asosiy sababi ham shunda”, — deya ta’kidlagan Roy Jons.
Eslatib o‘tamiz, Roy Jons professional boksning to‘rt yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni hisoblanadi.
Izoh (0)