19-avgust, chorshanba kuni soat 7:46 dan 15:02 ga qadar Toshkentning eng yirik internet-provayderlaridan biri — Sarkor Telecom foydalanuvchilarining bir qismi internetsiz qoldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Kompaniya saytida berilgan axborotga ko‘ra, bunga Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida olib borilayotgan yo‘l-qurilish ishlari vaqtida magistral kabelning uzib yuborilgani sabab bo‘lgan.
Yalang‘och dahasi, Qorasuv 2- va 4- mavzelari, Mavloni Riyoziy, Parkent dahalari, Temur Malik ko‘chasi va boshqa joylarda istiqomat qiluvchi 262-, 265-, 267- va 269-ATSlarning ADSL abonentlari va Home Ethernet abonentlarida internet ishlamagan.
Avariyaviy-qayta tiklash ishlari davomida Sarkor Telecom mutaxassislari internet aloqasini bir maromda ishlashini ta’minlashga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)