Yaponiyada poytaxti va janubida birinchi yadro reaktori qayta faoliyatini boshlagani munosabati bilan norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Qurilmani ishga tushirgan “Senday” AES darvozalari oldida shiorlar ko‘tarib olgan yuzga yaqin kishi to‘plandi. Stansiyaga kirishni 80 nafar politsiyachi qo‘riqlagan. Yaponiya parlamenti yaqinida ham 150 kishi yig‘ilib, barcha reaktorlarni yig‘ishtirib tashlash va mamlakatda atom energetikasi tiklanishini to‘xtatishni talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, “Fukusima-1”dagi falokatga qadar atom energetikasi Yaponiyaning salkam 30 foiz ehtiyojini qoplayotgan edi.
Izoh (0)